
"Spartak" - "Sochi" uchrashuvini boshqargan Vasiliy Kazartsev hakamlikdan butunlay chetlatildi
Kecha Rossiya premer-ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Spartak" - "Sochi" (2:2) uchrashuvini boshqargan hakam Vasiliy Kazartsev hakamlikdan chetlatildi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqining hakamlar departamenti direktori Viktor Kashshai ma’lum qildi.
Bundan tashqari, ushbu uchrashuvda ishlagan videoassistent Aleksey Eskov ustidan sud o‘tkaziladi.
Kazartsev kechagi bahsda 15- va 90-daqiqalarda “Spartak” darvozasi tomon shubhali penaltilarni belgilagan edi. Ushbu o‘yindan so‘ng, moskvaliklar xo‘jayini Leonid Fedun jamoasi RPLda boshqa ishtirok etmasligini ma’lum qilgan edi.
Fikrlar